Выберите язык

SUDDA HAQIQIY EMAS DEB TOPILDI

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida olib borilgan navbatdagi amaliy ish natijasida fuqaroning buzilgan huquqlari sud orqali tiklandi.

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi Uychi tuman ijro etuvchi apparati fuqaro manfaatlarini ko‘zlab, Uychi tumanda joylashgan bankga nisbatan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Sud hujjatlarida qayd etilishicha, fuqaro nomiga 24 739 500 so‘mlik kredit shartnomasi rasmiylashtirilgan.
Biroq mazkur kredit shartnomasini imzolamaganini, kredit mablag‘laridan foydalanmaganini hamda kredit mavjudligidan keyinchalik xabar topganini bildirgan.
Ish Uchqo‘rg‘on tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudida atroflicha ko‘rib chiqildi. Sud ish uchun ahamiyatga ega dalillarni o‘rganib, taraflarning vajlarini baholadi.
Natijada Uychi tuman jamiyati tomonidan kiritilgan da’vo qanoatlantirilib, fuqaro nomiga rasmiylashtirilgan 1966-sonli kredit shartnomasi haqiqiy emas deb topildi.
Shuningdek, sud qaroriga ko‘ra, javobgar AT “Xalq banki”dan davlat foydasiga 989 580 so‘m davlat boji undirilishi belgilandi.
Mazkur holat har qanday kredit yoki moliyaviy majburiyat fuqaroning xabardorligi va qonuniy roziligi asosida rasmiylashtirilishi lozimligini yana bir bor ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening