Kitob tumanida suyultirilgan gaz baloni yetkazib berish muammosi ijobiy yakun topdi
Hozirgi kunda aholini hayotiy muhim resurslar, jumladan, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta'minlash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
Ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiluvchi oilalar uchun suyultirilgan gaz ballonlarining o'z vaqtida yetkazib berilishi maishiy turmush farovonligining asosiy shartidir.
Biroq ayrim mas'uliyatsiz holatlar sababli fuqarolarning haqli e'tirozlariga sabab bo'layotgan holatlar ham uchrab turibdi.
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida kuzatilgan mana shunday holatlardan biri qonuniy va tezkor yechim topib, iste'molchining huquqlari to'laqonli tiklandi.
Xuddi shunday murojaatlardan biri, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida isqtiqomat qiluvchi fuqaro B.B. tuman gaz ta’minoti idorasi tomonidan 4 oy davomida suyultirilgan gaz baloni yetkazib berilmagan.
Iste'molchi gaz idorasiga nima uchun gaz balon kechikayotganini bilish maqsadida borganida gaz ta'minoti xodimlari fuqaroga bepisandlik qilib tinglashni istamagan.
Bo'lib o'tgan voqealikdan norozi bo‘lgan fuqaro , 1091 ishonch telefoni orqali iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Kitob tumani jamiyat mutaxassislari tomonidan masala qonun doirasida o‘rganib chiqilib, gaz ta’minoti tashkiloti bilan bevosita yuzma - yuz suhbat olib borib i va muammo sabablarini aniqlashtirildi.
Natija, iste'molchining xonadoniga suyultirilgan gaz baloni har doim o'z vaqtida yetkazib berilishi ta'minlandi.
Ushbu holat mamlakatimizda inson qadrini ulug'lash, uning qonuniy manfaatlarini himoya qilish har qanday idora va tashkilotning ustuvor vazifasi ekanligini yana bir bor yaqqol tasdiqladi.
Xulosa o'rnida ta'kidlash joizki, har bir iste'molchi o'zining qonuniy huquqlarini yaxshi bilishi, mas'ullar o'z vazifasini suiiste'mol qilgan yoki e'tiborsizlik ko'rsatgan taqdirda tegishli ishonch telefonlari va davlat idoralariga o'z vaqtida murojaat qilishi muhim.
Kitob tumanidagi bu amaliy misol davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining hamkorligi natijasida muammolar o'z vaqtida yechim topib, aholining roziligiga erishilayotganining yorqin namunasidir.
Endilikda mazkur xonadonga suyultirilgan gaz ballonlari belgilangan grafik asosida o'z vaqtida yetkazib berilishi to'liq nazoratga olindi.
























