Выберите язык

#_hisobot_konferensiyasi

Kitob
va Nishon tuman jamiyatlarida
5 yillik faoliyati yuzasidan hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

📍Qashqadaryo viloyati

Joriy yilning 21 - 23 - sentabr kunlari viloyatimizning Kitob hamda Nishon tumanlarida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Kitob hamda Nishon tuman jamiyati raislari va tayanch guruhlari faollarining hisobot saylov konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Kitob va Nishon tumani jamiyatlarining so‘nggi besh yillik faoliyati atroflicha sarhisob qilindi. Hisobot davrida iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va qonuniy ko‘rib chiqish, aholining huquqiy bilimlari hamda iste’mol madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, savdo, umumiy ovqatlanish, kommunal xizmatlar, transport, aloqa, bank-moliya va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida iste’molchilar duch kelayotgan muammolarni o‘rganish, ularga amaliy yechim topish hamda qonunbuzilish holatlarining oldini olish yo‘nalishida erishilgan natijalar tahlil qilindi.

Tadbir davomida tayanch guruhlarning mahallalarda aholi bilan ishlashdagi o‘rni va mas’uliyati, fuqarolarga huquqiy maslahat hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, murojaatlarni tizimli o‘rganish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Faol a’zolar tomonidan mahallalarda o‘tkazilgan sayyor qabullar, ochiq muloqotlar va targ‘ibot-tushuntirish tadbirlarining natijalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Kelgusida aholining huquqiy savodxonligini yanada oshirish, iste’molchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Konferensiyaning muhim masalalaridan biri —Kitob va Nishon tumani jamiyati raislarini qayta saylash jarayoni ham belgilangan tartibda amalga oshirildi. Ishtirokchilar tomonidan nomzod yuzasidan bildirilgan fikr va takliflar tinglanib, ochiq muhokama hamda ovoz berish asosida tegishli qaror qabul qilindi.

Shu bilan birga, shahar jamiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, tayanch guruhlar faoliyatini kuchaytirish va iste’molchilar manfaatlarini ishonchli himoya qilish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Tadbir so‘ngida hududiy birlashmaning navbatdagi konferensiyasida Kitob va Nishon tumani jamiyatlari nomidan ishtirok etuvchi delegatlar saylandi. Delegatlarga hududdagi mavjud muammolar va ularning yechimiga doir takliflarni hududiy konferensiyada ilgari surish vazifalari yuklatildi.

Konferensiya yakunida muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening