Выберите язык

Kasbi va Muborak tuman jamiyatlarida 
5 yillik faoliyati yuzasidan hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 17- 18 - sentabr kunlari viloyatimizning Kasbi hamda Muborak tumanlarida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Kasbi hamda Muborak tuman jamiyati raislari va tayanch guruhlari faollarining hisobot saylov konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada: Qashqadaryo viloyati iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Shuhrat Xamidovich Tursunov, Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi raisi oʻrinbosari - ijrochi direktori Rahmatov Dilshod Doniyarovich, maʼrifiy targʻibot, monitoring va axborot - tahlili shoʻbasi boshligʻi Berdiyev Rustam Mamashevich, shahar va tuman jamiyati raislari, delegatlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida jamiyatlarning o‘tgan besh yil mobaynidagi faoliyati atroflicha sarhisob qilindi. Hisobot davrida iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va qonuniy ko‘rib chiqish, aholining huquqiy bilimlari hamda iste’mol madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, savdo, xizmat ko‘rsatish, kommunal, transport, aloqa, bank-moliya va boshqa sohalarda iste’molchilar duch kelayotgan muammolarni o‘rganish, ularga amaliy yechim topish hamda qonunbuzilish holatlarining oldini olish yo‘nalishida erishilgan natijalar tahlil qilindi.

Konferensiya davomida tayanch guruhlarning aholi bilan ishlashdagi o‘rni va mas’uliyati, fuqarolarga huquqiy maslahat hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, murojaatlarni tizimli o‘rganish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Faol a’zolar tomonidan amalga oshirilgan sayyor qabullar, ochiq muloqotlar va targ‘ibot-tushuntirish tadbirlarining natijalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Kelgusida aholining huquqiy savodxonligini yanada oshirish, iste’molchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Tadbir yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening