#_hisobot_konferensiyasi
Namangan shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan jamiyatning so‘nggi 5 yillik faoliyat yakunlari yakunlariga bag‘ishlangan hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada Namangan shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tayanch guruhlari, faol a’zolari, mas’ul xodimlari hamda delegatlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida jamiyatning o‘tgan besh yil mobaynidagi faoliyati atroflicha sarhisob qilindi. Hisobot davrida iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va qonuniy ko‘rib chiqish, aholining huquqiy bilimlari hamda iste’mol madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, savdo, xizmat ko‘rsatish, kommunal, transport, aloqa, bank-moliya va boshqa sohalarda iste’molchilar duch kelayotgan muammolarni o‘rganish, ularga amaliy yechim topish hamda qonunbuzilish holatlarining oldini olish yo‘nalishida erishilgan natijalar tahlil qilindi.
Konferensiya davomida tayanch guruhlarning aholi bilan ishlashdagi o‘rni va mas’uliyati, fuqarolarga huquqiy maslahat hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, murojaatlarni tizimli o‘rganish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Faol a’zolar tomonidan amalga oshirilgan sayyor qabullar, ochiq muloqotlar va targ‘ibot-tushuntirish tadbirlarining natijalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Kelgusida aholining huquqiy savodxonligini yanada oshirish, iste’molchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Tadbir yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
5 yillik faoliyat yakunlari
- Информация о материале
- Автор: Namangan viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 18
























