Выберите язык

Koson va Mirishkor tuman jamiyatlarida 5 yillik faoliyati yuzasidan hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 15- 16 - sentabr kunlari viloyatimizning Koson hamda Mirishkor tumanlarida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Koson hamda Mirishkor tuman jamiyati raislari va tayanch guruhlari faollarining hisobot saylov konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada: Qashqadaryo viloyati iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi raisi, Xalq deputatlari  viloyat Kengashi deputati, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Shuhrat Xamidovich Tursunov, shahar va tuman jamiyati raislari, delegatlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Federatsiya tizimida navbatdagi hisobot konferensiyalariga tayyorgarlik ko‘rish, joylarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ishlarini yanada samarali tashkil etish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tayanch guruhlarining mahallalarda aholi bilan ishlashdagi ishtiroki, iste’molchilarning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan amaliy ishlarni kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish doirasida hisobot konferensiyalariga tayyorgarlikning muhim bosqichi sifatida hududiy konferensiyaga vakillar saylash masalasi ham ko‘rib chiqildi. 

Xususan, savdo, umumiy ovqatlanish, kommunal xizmatlar, transport, aloqa, bank-moliya va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida iste’molchilar duch kelayotgan muammolarni o‘rganish, ularga amaliy yechim topish hamda qonunbuzilish holatlarining oldini olish yo‘nalishida erishilgan natijalar tahlil qilindi.

Tadbir davomida tayanch guruhlarning mahallalarda aholi bilan ishlashdagi o‘rni va mas’uliyati, fuqarolarga huquqiy maslahat hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, murojaatlarni tizimli o‘rganish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Faol a’zolar tomonidan mahallalarda o‘tkazilgan sayyor qabullar, ochiq muloqotlar va targ‘ibot-tushuntirish tadbirlarining natijalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Kelgusida aholining huquqiy savodxonligini yanada oshirish, iste’molchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Ta’kidlash joizki, Federatsiyaning amaldagi tartibiga ko‘ra, tuman va shahar jamiyatlari hamda tayanch guruhlari faollarining yig‘ilishlari hududiy konferensiyalarga vakillar saylash jarayonining dastlabki bosqichini tashkil etadi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening