Выберите язык

Xonadonda elektr bor, ammo kuchlanish past bo‘lsa, chiroqlar xira yonishi, ayrim maishiy jihozlar esa odatdagidek ishlamasligi mumkin. Bunday holat kundalik yumushlarni ham qiyinlashtiradi. Kogon shahrida yashovchi X.H. xonadonidagi elektr kuchlanishi pastligidan norozi bo‘lib, muammoni hal etishda amaliy yordam so‘radi.

Fuqaro Kogon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, elektr ta’minoti bilan bog‘liq holatni bayon etdi. Jamiyat xodimlari murojaatni ko‘rib chiqishga elektr ta’minoti tashkilotining mas’ul mutaxassislarini jalb qildi. Ular xonadondagi elektr kuchlanishi bilan bog‘liq muammoni birgalikda o‘rgandilar.

O‘rganish yakunida ko‘rilgan choralar natijasida xonadondagi elektr kuchlanishi me’yoriy darajaga yetkazildi. Shu tariqa X.H.ning murojaati ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening