Выберите язык

O‘quv kursiga yozilgan kishi mashg‘ulotlar qachon boshlanishiga qarab vaqtini va xarajatlarini rejalashtiradi. Guruh ochilishi cho‘zilsa, uning oldida ikki savol paydo bo‘ladi. Yana qancha kutish kerak? O‘qish boshlanmasa, to‘langan pulni qanday qaytarib olish mumkin? Kogon tumanida yashovchi X.D. ham shunday vaziyatga duch keldi. U tibbiyot yo‘nalishida o‘qish uchun 3 million so‘m to‘ladi, biroq ancha vaqt o‘tsa ham, guruh ochilmadi.

Fuqaro «B Z S» MChJga qarashli o‘quv kursining tibbiyot yo‘nalishiga hujjat topshirgan edi. Mashg‘ulotlar boshlanmagach, X.D. kurs ma’muriyatidan to‘lagan mablag‘ini qaytarishni so‘radi. Ma’muriyat pulni qaytarishdan bosh tortgach, u Kogon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Jamiyat xodimlari murojaatni o‘rganib, masalani hal etishga ko‘maklashdi. Natijada o‘quv kursi uchun to‘langan 3 million so‘m iste’molchiga to‘liq qaytarildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening