Выберите язык

Yoqilg‘i quyish shoxobchasiga borgan haydovchi to‘lovni bank kartasi orqali amalga oshirmoqchi bo‘ldi. Biroq shoxobcha xodimlari texnik nosozlik yuzaga kelganini aytishdi va haydovchiga yoqilg‘i quyilmadi. Kogon tumanida yuz bergan ushbu holat bo‘yicha iste’molchi tuman jamiyatidan amaliy yordam so‘radi.

Kogon tumanida yashovchi X.U. tumandagi yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan biriga borib, yoqilg‘i haqini plastik karta orqali to‘lash istagini bildirdi. Shoxobcha xodimlari texnik nosozlik sababli karta orqali to‘lovni qabul qila olmasliklarini ma’lum qilishdi. Oqibatda fuqaro yoqilg‘i ololmay, shoxobchadan qaytdi.

Shundan so‘ng X.U. Kogon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, yuzaga kelgan vaziyatni bayon etdi. Jamiyat murojaatni o‘rganib, masalani hal etishga ko‘maklashdi. Natijada iste’molchining murojaati ijobiy hal etildi.

Texnik nosozlik yuzaga kelganida mijozni to‘lovdagi uzilish haqida xizmat ko‘rsatishdan oldin xabardor qilish ortiqcha kutish va tushunmovchiliklarning oldini oladi. Xizmat ko‘rsatish jarayonida kelishmovchilik yuzaga kelsa, mazkur holatda bo‘lgani kabi, iste’molchi tuman jamiyatiga murojaat qilib, amaliy yordam so‘rashi mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening