Выберите язык

Yangi smartfon xarid qilgan odam undan uzoq vaqt foydalanishni kutadi. Qurilmada xariddan ko‘p o‘tmay nuqson paydo bo‘lsa, xaridor avvalo uni sotgan do‘konga murojaat qiladi. Vobkent tumanida yashovchi F.M. ham shunday yo‘l tutdi. Ammo do‘kon smartfonni ta’mirlashdan bosh tortgach, fuqaro masalani hal etishda tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatidan yordam so‘radi.

F.M. mobil telefon va aksessuarlar sotiladigan do‘kondan 3 million 600 ming so‘mga smartfon xarid qilgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, qurilmada nuqson sezildi. Fuqaro smartfonni xarid qilgan do‘koniga qaytib, nosozlikni bartaraf etishni so‘radi. Sotuvchining rad javobidan keyin masala ochiq qoldi.

Vobkent tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqaroning murojaatini o‘rganib, masalani hal etishga ko‘maklashdi. Natijada smartfon ta’mirlanib, iste’molchining huquqi tiklandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening