Выберите язык

Aholining sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash inson salomatligini asrash bilan bevosita bog‘liq. Shu bois savdo rastalaridagi har bir mahsulotning sifati, saqlash sharoiti va iste’molga yaroqliligi doimiy e’tiborni talab etadi. Bu borada iste’molchilarning hushyorligi hamda aniqlangan muammolar yuzasidan o‘z vaqtida murojaat qilishi muhim ahamiyatga ega.

Kogon tumanida yashovchi fuqaro J.D tumandagi oziq-ovqat do‘konlaridan birida kolbasa mahsuloti xarid qilgan. Biroq xariddan so‘ng mahsulotning iste’molga yaroqsizligini payqab, Kogon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Murojaat yuzasidan jamiyat aralashuvi bilan mazkur kolbasa mahsuloti savdodan olib tashlangan. Natijada uning boshqa xaridorlarga sotilishining oldi olingan.

Ushbu holat bir iste’molchining befarq bo‘lmagan munosabati boshqa xaridorlar manfaatlarini himoya qilishga ham xizmat qilishini ko‘rsatadi. Oziq-ovqat mahsulotining sifati bilan bog‘liq muammo yuzasidan bildirilgan har bir asosli murojaat savdo jarayonidagi kamchiliklarni bartaraf etishda muhim o‘rin tutadi.

Savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar mahsulotlarning yaroqlilik muddati, qadoq butunligi hamda saqlash sharoitlariga alohida e’tibor qaratishi lozim. Zero, xaridor ishonchi, avvalo, unga taqdim etilayotgan mahsulotning sifati va xavfsizligidan boshlanadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening