Выберите язык

Olot tumanida yashovchi fuqaro T.A. “SA***G” do‘konidan 950 ming so‘m evaziga planshet xarid qilgan. Biroq oradan ko‘p o‘tmay qurilmada nosozlik kuzatilib, undan foydalanishda muammo yuzaga kelgan.

Shundan so‘ng fuqaro masalaga yechim topish maqsadida Olot tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Jamiyat aralashuvi bilan iste’molchining murojaati ijobiy hal etildi. Nosoz planshet uchun to‘langan 950 ming so‘m fuqaroga qaytarilishi ta’minlandi.

Ushbu holat iste’molchilarning o‘z huquqlarini bilishi va muammoga duch kelganda tegishli tashkilotga murojaat qilishi muhimligini ko‘rsatadi. Har bir murojaat ortida inson manfaati, uning vaqti va mehnati evaziga topgan mablag‘i turadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening