Выберите язык

 

“Turon Premium” klinikasida jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi

Samarqand shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan Samarqand shahri, Bo‘stonsaroy ko‘chasi, 28-uyda joylashgan “Turon Premium” xususiy tibbiyot klinikasida monitoring ishlari olib borildi.

Monitoringdan ko‘zlangan asosiy maqsad klinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holatini o‘rganish, iste’molchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda xizmat ko‘rsatish jarayonining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini kuzatishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish davomida klinikaning kutish zali, bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar, xizmat ko‘rsatish jarayoni hamda iste’molchilar uchun joylashtirilgan axborot-ma’lumotlar bilan tanishildi.

Shuningdek, monitoring jarayonida iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda qonunchilik talablariga rioya etish hamda xizmatlar shaffofligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday monitoring tadbirlari tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, aholiga sifatli va qonuniy xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish — ustuvor vazifamiz!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening