Выберите язык

Samarqand shahridagi xususiy klinikada jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi

Samarqand shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan shahardagi Husayn Boyqaro ko‘chasi, 21-uy manzilida joylashgan “Gipnoz Medical” (HYPNOSE Medical Clinic) xususiy klinikasida jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi.

Monitoringdan ko‘zlangan asosiy maqsad xususiy tibbiy xizmatlar ko‘rsatish holatini o‘rganish, iste’molchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda xizmat ko‘rsatish jarayonining amaldagi talablariga muvofiqligini kuzatishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish davomida iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, tibbiy xizmatlar sifati hamda xizmat ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Bunday monitoring tadbirlari aholining iste’molchilar huquqlari to‘g‘risidagi xabardorligini oshirish, xizmat ko‘rsatish sohasida qonuniylikni ta’minlash va mavjud muammolarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish — doimiy e’tiborda!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening