Выберите язык

Sherobod tumanida iste’molchi murojaati ijobiy hal etildi.

Sherobod tumani «Chorbog‘» mahallasida yashovchi fuqaro Muborak Boltaeva O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining ishonch telefoniga murojaat qilib, xarid qilingan mobil telefonning nosozligi yuzasidan amaliy yordam so‘ragan.

Murojaatda bayon etilishicha, fuqaroning turmush o‘rtog‘i Musurmon Qulsoatov 2026-yil 16-avgust kuni «ISHONCH» savdo shoxobchasidan muddatli to‘lov asosida 7 021 120 so‘m evaziga «HONOR X9d 8/256 GB Sunrise Gold» rusumli mobil telefon xarid qilgan. Biroq telefonda nosozlik yuzaga kelgani sababli iste’molchi ushbu holatdan norozi bo‘lib, tegishli tashkilotga murojaat qilgan.

Mazkur murojaat O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi hamda Sherobod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida iste’molchi va «ISHONCH» savdo shoxobchasi mas’ullari ishtirokida masala atroflicha ko‘rib chiqildi. Natijada fuqaroning xohishiga asosan nosoz mobil telefon o‘rniga xuddi shu rusumdagi yangi telefon almashtirib berildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida iste’molchiga hamda savdo xodimlariga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Murojaatning ijobiy hal etilganidan mamnun bo‘lgan fuqaro Muborak Boltaeva jamiyat boshqaruvi nomiga minnatdorlik xati yo‘llab, ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun o‘z minnatdorligini bildirgan.

Ushbu holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar, fuqarolar murojaatlariga befarq bo‘lmaslik va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening