Выберите язык

Chortoq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga murojaat qildi.

Murojaatda fuqaro tumandagi savdo do‘konidan “Avalon-18” rusumli konditsionerni bo‘lib to‘lash sharti asosida xarid qilgani, biroq mahsulot narxi qimmatligi sababli uni qaytarish yoki arzoniga almashtirish istagini bildirgani ma’lum qilingan.

Konditsioner qutisidan ochilmagan va foydalanilmagan bo‘lishiga qaramay, savdo do‘koni tomonidan mahsulotni qaytarib olish rad etilgan. Shundan so‘ng fuqaro o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida Federatsiya 1091 qisqa ishonch telfoniga murojaat yo‘llagan.

Chortoq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan murojaat belgilangan tartibda o‘rganildi. O‘rganish jarayonida iste’molchi ishtirokida savdo do‘koni rahbariyati bilan muzokara olib borildi.

Natijada fuqaro xarid qilgan “Avalon-18” rusumli konditsioner kichikroq va narxi arzon bo‘lgan “Avalon-12” rusumli konditsionerga almashtirib berildi.

Shu tariqa, iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, uning qonuniy manfaatlari himoya qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening