🛡️ 1091 ISHONCH TELEFONIGA KELIB TUSHGAN MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI
📍 Oqdaryo tumani
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Loyish shaharchasi Yangi Ravot-1 MFY, Chorvoqtepa qishlog‘ida yashovchi fuqaro X.R. tomonidan 1091 Ishonch telefoniga elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaat kelib tushdi. Murojaatda iste’molchi xonadoni yaqiniga transformator o‘rnatilgan bo‘lsa-da, elektr simi ulanmagani sababli elektr energiyasidan foydalana olmayotganini bildirib, ushbu muammoni hal etishda amaliy yordam so‘radi.
Mazkur murojaat Oqdaryo tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida murojaatda keltirilgan holatlar elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida iste’molchining xonadoniga elektr simini tortish va tarmoqqa ulash ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan ulanish ishlari belgilangan tartibda yakunlanib, xonadon elektr energiyasi bilan ta’minlandi. Natijada fuqaroning murojaatida ko‘rsatilgan muammo to‘liq bartaraf etilib, uning qonuniy talabi qanoatlantirildi.
✅ Oqdaryo tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan iste’molchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🛡️ 1091 ISHONCH TELEFONIGA KELIB TUSHGAN MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI
- Информация о материале
- Автор: Samarqand viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 36
























