Выберите язык

📌 Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati jamoatchilik e’tiborida
🔹 2026-yil 11-avgust kuni Konimex tumanida tibbiyot muassasalarida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan jamoat nazorati tartibida kuzatuv-o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🔹 Mazkur o‘rganishlar Konimex tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda. Jarayon davomida tibbiyot muassasalarida yaratilgan sharoitlar, fuqarolar uchun qulayliklar, xizmat ko‘rsatish sifati hamda iste’molchilarning murojaatlari va huquqlariga e’tibor qaratilayotgani o‘rganilmoqda.
⚖️ Jamoat nazoratining asosiy maqsadi — aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifatini oshirish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashishdan iborat.
🤝 O‘rganishlar davomida aniqlangan holatlar tegishli tartibda qayd etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berilishi ko‘zda tutilgan.
✅ Jamoat nazorati — iste’molchi huquqlarini himoya qilish va xizmatlar sifatini oshirishning muhim vositasidir.
📞 Iste’molchi sifatida huquqlaringiz buzilgan bo‘lsa, 1091 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening