Выберите язык

Farg‘ona viloyati Quva tumanida yashovchi fuqaro murojaati asosida olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida iste'molchi huquqlari tiklandi. Ushbu holat yana bir bor iste'molchilar o‘z huquqlarini bilishi va himoya qilishi muhim ekanini ko‘rsatdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Turkrovot MFY hududida yashovchi fuqaro maishiy chiqindilarni olib ketish xizmati sifatidan norozi bo‘lib, O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “ishonch telefoni”ga murojaat qilgan. Murojaatda “Farg‘ona tozalik sanitar servis” MChJ tomonidan tuzilgan ommaviy shartnoma talablari bajarilmayotgani, ya'ni chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani bayon etilgan. 

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, iste'molchi shaxsiy hisob raqami orqali xizmat uchun muntazam to‘lov qilib kelgan bo‘lsa-da, ayrim davrlarda xizmat umuman ko‘rsatilmagan. Xususan, 2026 yil fevral oyida texnik sabablarga ko‘ra chiqindilar olib ketilmagan bo‘lsa-da, mazkur oy uchun 45 000 so‘m miqdorida haq asossiz ravishda hisoblangan. 

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ijrochi tomonidan xizmat ko‘rsatilmagan holatda, uning uchun haq undirish qonuniy emas. Bu esa “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablarining buzilishi hisoblanadi.
Murojaatni o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etildi. Ya'ni, iste'molchining shaxsiy hisobidan asossiz hisoblangan 45 000 so‘m qarzdorlik chiqarib tashlandi va mablag‘ iste'molchi foydasiga qayta hisob-kitob qilindi. Shu tariqa fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki:

- xizmat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, uning uchun to‘lov talab qilinishi qonuniy emas;
- iste'molchi har qanday asossiz hisob-kitoblarga nisbatan e'tiroz bildirish huquqiga ega;
- murojaat qilish orqali o‘z huquqlarini tiklash mumkin.

Iste'molchilarga tavsiya etiladi: agar kommunal yoki boshqa xizmatlar bo‘yicha shubhali holatlarga duch kelsangiz, mutasaddi tashkilotlarga yoki iste'molchilar huquqlarini himoya qiluvchi idoralarga murojaat qilishdan tortinmang. Zero, qonun sizning manfaatlaringizni himoya qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening