Выберите язык

CHUST TUMANIDA O‘QUV SEMINARI O‘TKAZILDI.

Chust tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur seminar Chust tumani Olmos ShFY hududidagi 9 ta mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi, shuningdek, 17 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi ishchi-xodimlari va o‘quvchilari ishtirokida “Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida” shiori ostida o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga iste’molchilarning qonuniy huquqlari, ularni himoya qilish tartibi, murojaat etish mexanizmlari hamda amaldagi qonunchilikda belgilangan kafolatlar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, iste’mol madaniyatini shakllantirish hamda yoshlar o‘rtasida huquqiy bilimlarni keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening