Выберите язык

   2026-yil 8-aprel kuni Navoiy shahrida yashovchi fuqaro A.X. Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat yo‘lladi. Murojaatda u 2 500 000 so‘m evaziga sotib olgan qo‘l telefoni nosoz chiqqanidan norozi ekanligini bildirgan.Mazkur murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida iste’molchining haqiqatdan ham sifatsiz mahsulot xarid qilgani aniqlandi. Amaldagi qonunchilik talablari asosida sotuvchi tomonga tegishli tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.  Ko‘rilgan choralar natijasida fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, nosoz telefon uchun to‘langan 2 500 000 so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarib berildi. Bu kabi holatlar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi samarali ishlayotganidan dalolat beradi. Fuqarolar xarid jarayonida muammoga duch kelganda, tegishli tashkilotlarga murojaat qilish orqali o‘z huquqlarini himoya qilishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening