Выберите язык

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib chiqayotgan muammolarni o‘rganish hamda buzilgan huquqlarini tiklash O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tizimidagi hududiy birlashmalar va tuman jamiyatlarining ustuvor vazifalaridan biridir.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Toshkent shahar hududiy birlashmasiga kelib tushgan murojaatlardan biri Yakkasaroy tumanida faoliyat yurituvchi xususiy psixolog xizmatlari bilan bog‘liq bo‘ldi. Murojaatda bayon etilishicha, iste’molchi 12-sentabr kuni ikki seanslik psixologik xizmatdan foydalanish uchun 200 AQSh dollari miqdorida to‘lovni amalga oshirgan. Biroq belgilangan xizmatlarning faqat bir seansidan foydalangan. Ikkinchi seans uchun belgilangan vaqtda qabulga kelganida esa psixolog joyida bo‘lmagan. Shundan so‘ng iste’molchi foydalanilmagan xizmat uchun to‘langan mablag‘ni qaytarishni so‘ragan. Ammo pul mablag‘i qaytarilmagani sababli fuqaro o‘z noroziligini bildirib, Federatsiyaga murojaat qilgan.
Mazkur murojaat Yakkasaroy tuman jamiyati tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi. O‘rganish jarayonida yuzaga kelgan holat yuzasidan tegishli ishlar olib borilib, iste’molchining qonuniy manfaatlarini ta’minlashga e’tibor qaratildi.  Amalga oshirilgan ishlar natijasida iste’molchi foydalanmagan xizmat uchun oldindan to‘lagan pul mablag‘ini qaytarib oldi. Shu tariqa murojaat ijobiy hal etildi.
Ushbu holat iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishda shartnoma shartlariga rioya etish, xizmatlarning o‘z vaqtida va tegishli tartibda ko‘rsatilishini ta’minlash hamda iste’molchilarning qonuniy talablariga mas’uliyat bilan yondashish muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.
Federatsiya tizimidagi hududiy birlashma va tuman jamiyatlari iste’molchilarning murojaatlarini o‘rganish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda yuzaga kelgan muammolarni qonunchilik doirasida hal etish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening