⚡️Koson tumanida gaz ta'minoti bo‘yicha murojaatlar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmoqda
O‘zbekiston Iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish Federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi Koson tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolar manfaatlarini himoya qilish maqsadida kiritilgan da’vo arizalari sud tomonidan to‘liq qanoatlantirildi.
Qashqadaryo viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga so‘nggi paytlarda kelib tushayotgan murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim holatlarda iste’molchining huquqlari ochiq-oydin buzilmoqda. Biroq qonuniy murojaat va sud organlarining xolis yondashuvi natijasida adolat qaror topmoqda.
Xususan, Koson tumanlararo fuqarolik sudida ko‘rib chiqilgan bir qator ishlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Sud qarorlari bilan iste’molchilarga asossiz ravishda hisoblangan salkam 33 177 640 so‘mga yaqin noreal qarzdorliklar to‘liq bekor qilindi. Dalolatnomalarning iste’molchi ishtirokisiz tuzilgani, xolislar jalb etilmagani, elektron tizimda rasmiylashtirilmagani va hisob-kitoblar hujjatli asosga ega emasligi sud tomonidan qonunbuzarlik sifatida baholandi.
Muhimi, bu ishlarda Oʻzbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Koson tumani jamiyatining aralashuvi hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Fuqarolar manfaati qonuniy tarzda tiklandi, noqonuniy moliyaviy yuklamalarning oldi olindi. Bu esa qonun ustuvorligi va iste’molchi huquqlari amalda himoya qilinayotganini ko‘rsatadi.
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi Giyasov Hamzaning manfaatiga javobgar "Hududgaz Qashqadaryo" gaz taʼminoti filialiga nisbatan da'vo ariza bilan murojaat qilib, da'vo arizada noqonuniy hisoblangan 33 177 640 soʻm qarzdorlikni qayta hisob kitob qilindi va fuqaro muammosi ijobiy tarzda hal etildi.
✅ Mazkur holat iste’molchi huquqlari har doim e’tibor markazida ekanining yana bir tasdig‘i bo‘ldi. Jamiyatimiz esa fuqarolarning bunday muammolarini hal etishda doimo ko‘mak berishga tayyor.
























