Toshkent viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi Bo'stonliq tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan Bo‘stonliq tumanida faoliyat yuritayotgan go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar hamda kosmetologiya xizmatlari ko‘rsatuvchi obyektlarda monitoring o‘rganish ishlari olib borildi.
Monitoring davomida xizmat ko‘rsatish sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, xodimlarning malakasi hamda iste’molchilar salomatligiga ta’sir etuvchi omillar atroflicha o‘rganildi.
O‘rganishlar jarayonida ayrim obyektlarda tirnoq parvarishi xizmatlari keng yo‘lga qo‘yilgani, turli gel-lak va kosmetik mahsulotlar faol qo‘llanilayotgani kuzatildi. Shu bilan birga, devorlarga ilib qo‘yilgan sertifikatlar mavjud bo‘lsa-da, ularning aksariyati qisqa muddatli o‘quv kurslarini tamomlaganlikni bildiradi va har doim ham yetarli professional malakani anglatmaydi.
Shuningdek, ayrim holatlarda kosmetologiya xizmatlarida tibbiy vositalardan foydalanish holatlari ham uchramoqda. Bu esa faqat maxsus litsenziyaga ega tibbiy muassasalarda, malakali tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan jarayon hisoblanadi.
Eng dolzarb masala — sanitariya va xavfsizlik talablariga rioya etilishi:
Monitoring davomida quyidagi xavf omillariga alohida e’tibor qaratildi:
xodimlar tomonidan bir martalik qo‘lqoplardan foydalanilishi;
asbob-uskunalarning yetarli darajada dezinfeksiya qilinganligi;
bir martalik vositalardan foydalanilishi;
mutaxassislarning majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi.
Ma’lumki, bunday kamchiliklar turli yuqumli va zamburug‘li kasalliklarning bir iste’molchidan boshqasiga yuqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Qonuniy talablar:
Go‘zallik salonlari va xizmat ko‘rsatish obyektlarida:
xodimlar bir martalik qo‘lqoplarda ishlashi va har bir mijozdan keyin ularni almashtirishi shart;
barcha asbob-uskunalar muntazam dezinfeksiya qilinishi zarur;
imkon qadar bir martalik vositalardan foydalanilishi kerak;
ishlatilayotgan mahsulotlar sifatli va yaroqlilik muddati aniq bo‘lishi lozim;
mutaxassislar tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi majburiy;
faqat tegishli malakaga ega xodimlar xizmat ko‘rsatishi kerak.
Iste’molchilarga tavsiyalar:
faqat sertifikat emas, balki mutaxassisning haqiqiy malakasiga e’tibor bering;
xodimning qo‘lqopda ishlayotganini tekshiring;
asbob-uskunalarning tozaligiga ishonch hosil qiling;
shubhali yoki xavfli xizmatlardan voz keching.
Toshkent viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmalasi tomonidan bu kabi monitoring tadbirlari aholiga xavfsiz va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida davom ettiriladi.
Go‘zallik salonlari iste’molchilarga qanday xizmat ko‘rsatmoqda? Bo‘stonliqda o‘rganishlar o‘tkazildi
- Информация о материале
- Автор: Toshkent viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 21
























