Выберите язык

2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga fuqarolardan jami 4 146 ta murojaat kelib tushdi. Mazkur murojaatlarning 3 962 tasi (95,6 foizi) atroflicha o‘rganilib, ijobiy hal etildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida iste’molchilar foydasiga 27,3 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilinib undirilgan. Bu esa tizimda murojaatlar bilan ishlash samaradorligi izchil oshib borayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida 86 ta murojaat asosida sud organlariga da’vo arizalari kiritilgan. Sud qarorlariga ko‘ra, iste’molchilar foydasiga 1,4 milliard so‘m miqdorida moddiy va ma’naviy zarar undirilishi ta’minlandi.

Murojaatlar tahlili ularning asosiy qismi kommunal xizmatlar va savdo sohalariga to‘g‘ri kelayotganini ko‘rsatdi. Xususan, 29,3 foiz murojaatlar kommunal xizmatlar, yana 29,3 foizi savdo sohasi bilan bog‘liq. Shuningdek, gaz ta’minoti (8,6 foiz), elektr ta’minoti (5,3 foiz), xizmat ko‘rsatish (4,6 foiz) va suv ta’minoti (3,7 foiz) sohalari ham murojaatlarning salmoqli qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, aloqa va internet xizmatlari (1,9 foiz), transport (1,9 foiz) hamda sog‘liqni saqlash (1,6 foiz) sohalari bo‘yicha ham murojaatlar qayd etilgan. Qolgan 14 foiz murojaatlar boshqa turli sohalarga tegishli.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 2018-yilda xalqaro Consumers International tashkilotining to‘laqonli a’zosi sifatida qabul qilingan.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening