⚡️Qarshi shahrida " Biz barchamiz isteʼmolchimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Ma'lumki, isteʼmolchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ushbu sohada qabul qilinayotgan qonunlarni targʻib qilish Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarining asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Federatsiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini bajarish doirasida aholi oʻrtasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi amaldagi qonun hujjatlarini keng targʻib qilish, aholining isteʼmol madaniyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish maqsadida nodavlat-notijorat tashkilotlari, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, nazorat qiluvchi organlar bilan hamkorlikda huquqiy-maʼrifiy mavzularda tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va oʻquv seminarlari doimiy ravishda o'tkazib kelinmoqda.
2026 yil 24 aprel kuni “Biz barchamiz isteʼmolchimiz” rukni ostida davra suhbati tashkil etildi. Bunda Qarshi shahar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati va Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi tizimidagi shahar tugʻruq kompleksi shifokor va hamshiralaridan tashkil etilgan tayanch guruhi faoliyatini rivojlantirish, hamkorlikni kuchaytirish va ikki tomonlama faoliyatni amalga oshirish hamda federatsiya aʼzoligiga qabul qilish ishlari amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 6 oktabrdagi “Iste'molchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-296- sonli qarori bo‘yicha Isteʼmolchi murojaati axborot tizimini ishga tushirishi to'g‘risida, "Sirli mijoz" to‘g‘risidagi nizom yuzasidan oʻquv seminar oʻtkazilib, markaz shifokorlari va hamshiralariga tushuntirish ishlari olib borildi.
Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi raisi oʻrinbosari - ijrochi direktori Dilshod Rahmatov, maʼrifiy targʻibot, monitoring va axborot - tahlili shoʻbasi boshligʻi Rustam Berdiyevlar soʻzga chiqishdi. Qarshi shahar jamiyati raisi H.Begmatov Federatsiyaga a’zolik tartibi to‘g‘risida yig‘ilish qatnachilari bilan suhbatlashdi. Federatsiyaga aʼzo boʻlmoqchi hamshira va shifokorlarga qanday imtiyozlardan foydalanish mumkinligi, barcha murojaatlar federatsiyani 10-91 qisqa raqami orqali qabul qilinishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Tayanch guruhi bilan xamkorlikni yo'lga qo'yish yuzasidan o‘zaro ikki tomonlama kelishuv rasmiylashtirilgan.
✅ Davra suhbati yakunida ishtirokchilar bu kabi suhbatlarning ahamiyatini yuqori baholab, ularni muntazam tashkil etish boʻyicha takliflar bildirdilar.
























