Выберите язык

⚡️Shahrisabz tumanida salkam 7 000 000 soʻmlik sifatsiz mebel yangi yaroqlisiga almashtirib berildi 

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunlar har bir fuqaro uchun o‘z huquqlaridan foydalanish va ularni himoya qilish imkonini beradi. Muhimi, bu huquqlardan o‘z o‘rnida va yetarli asoslar bilan foydalanishdir.

Murojaatda bayon etilishicha, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi fuqaro Sh.Sh tumanda joylashgan savdo doʻkonlarning biridan 6 800 000 soʻmga naqd pul evaziga mebel xarid qilgan. Oradan hech qancha vaqt oʻtmay turib mebel nosoz chiqqanligi aniqlangan. Fuqaro muammoni bartaraf etish maqsadida savdo majmua rahbarini oldiga borganida, doʻkon rahbari fuqaroni eshitishni ham istamagan.

Isteʼmolchi yuqoridagi holat yuzasidan amaliy yordam soʻrab Shahrisabz tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Fuqaroning murojaati o‘rganilganda uning vajlari o‘rinli ekanligi aniqlanib, sotuvchi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida, 6 800 000 soʻm naqd pul evaziga xarid qilingan sifatsiz mebellar to‘plami boshqa, yangi yaroqlisiga almashtirib berildi.

✅ Mazkur holat yana bir bor shuni ko‘rsatadiki, iste’molchi o‘z huquqlarini bilsa, ularni qonuniy yo‘l bilan himoya qilish har doim ijobiy natija beradi. 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening