Выберите язык

⚡️Koson tumanida yana bir isteʼmolchi huquqi tiklandi 

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi iste’molchilarning haqiqiy himoyachisi sifatida faoliyat yuritmoqda. Agar sizning huquqlaringiz buzilgan bo‘lsa, federatsiya yoki hududingizdagi tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilishingiz mumkin.

Yaqinda shunday murojaatlardan biri Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi fuqaro X.Sh tuman dehqon bozoridan sharbat chiqargich uskunasini 340 000 soʻmga xarid qilgan. Fuqaro apparatni uyiga olib borib ishlatib koʻrgan chogʻida ishlamay nosoz holga kelib qolgan. Ushbu holatni tushuntirish maqsadida dehqon bozordagi sotuvchini oldiga borib vaziyatni tushuntirmoqchi boʻlib borganida savdogar eshitishni ham istamagan. 

Shundan soʻng isteʼmolchi Koson tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan. 

Tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat oʻrganilib, 340 000 soʻmga xarid qilingan nosoz sharbat chiqargich savdogarga qaytarib berildi va toʻlov soʻmmasi naqd pul shaklida fuqaroga toʻliqligicha qaytarib berildi.

✅ Natijada, iste’molchilar o‘z huquq va majburiyatlarini yaxshiroq anglab, huquqiy savodxonlik darajasi sezilarli darajada oshmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening