Выберите язык

  Navoiy viloyatida uyda ta’lim oluvchi o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlarni jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish ishlari yakuniga yetdi.
Mazkur o‘rganishlar davomida uyda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning bilim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, yashash muhiti, darslik va o‘quv qurollari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda ta’lim jarayonining tashkil etilish holati atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, o‘quvchilarning sog‘lig‘i, psixologik holati va ularning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan qulayliklarga ham alohida e’tibor qaratildi. Ota-onalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammolar va takliflar o‘rganildi.
  O‘rganishlar yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda mas’ul tashkilotlarga uyda ta’lim oluvchi o‘quvchilarning manfaatlarini yanada samarali himoya qilish bo‘yicha takliflar bildirildi.
  Mazkur jamoatchilik nazorati tadbirlari orqali uyda ta’lim oluvchi bolalarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytirish, ular uchun munosib sharoitlar yaratish maqsad qilingan.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening