Выберите язык

Kosonsoy tumanida o‘quv-seminar o‘tkazildi

Kosonsoy tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tuman Xalq ta’limi bo‘limida umumta’lim muassasalari direktorlarining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminar davomida iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ta’lim muassasalarida yoshlar o‘rtasida iste’mol madaniyatini shakllantirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik talablari, iste’molchi sifatida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar hamda murojaatlarni qonuniy tartibda ko‘rib chiqish mexanizmlari haqida ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening