Выберите язык

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-oktabrdagi PQ-296-sonli qarori ijrosini ta'minlash, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish tizimining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash hamda joylarda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Amalga oshirilayotgan mazkur chora-tadbirlar doirasida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasiga zamonaviy “Tracker”, Koson va Mirishkor tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga esa “Onix” rusumidagi xizmat avtomobillari tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur xizmat avtomobillari hududlarda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, sayyor qabullar tashkil etish, jamoatchilik monitoringlarini o‘tkazish, iste'molchilar huquqlari buzilishi bilan bog‘liq holatlarni tezkor o‘rganish hamda aholiga huquqiy maslahatlar ko‘lamini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, transport vositalari chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aholiga ham sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Bugungi kunda Federatsiya tizimida iste'molchilarning qonuniy manfaatlarini ta'minlash, murojaatlarni qisqa muddatlarda hal etish, bozorda sifatsiz mahsulot va xizmatlarning oldini olish, shuningdek, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Moddiy-texnika bazasining bosqichma-bosqich mustahkamlanishi ana shu vazifalarning samarali ijrosini ta'minlashga xizmat qilmoqda.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Prezident qarorining hayotga izchil tatbiq etilishi natijasida Federatsiya tizimida faoliyat yuritayotgan hududiy birlashmalar va tuman (shahar) jamiyatlarining imkoniyatlari kengayib, aholiga yaqin va tezkor xizmat ko‘rsatish sifati yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash, tashkiliy va moddiy-texnika salohiyatini yuksaltirish, muammolarni birgalikda hal etish hamda NNTlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim omili hisoblanadi.

Bu esa, o‘z navbatida, iste'molchilar huquqlarini yanada ishonchli himoya qilish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va davlat hamda jamoatchilik o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.

1091 — Yagona ishonch telefoni (soat 09:00 dan 18:00 ga qadar)

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening