Выберите язык

Jonli efirda iste’molchilar huquqlari haqida so‘z yuritildi

Namangan viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi tizimidagi Norin va Yangiqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari vakillari Namangan TRKning “Gul tasda” ko‘rsatuvida jonli efirda ishtirok etishdi.

Ko‘rsatuv davomida iste’molchilarning qonuniy haq-huquqlari, ularni himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, joylarda murojaatlarni o‘rganish va fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, iste’molchilar kundalik hayotda duch kelayotgan muammolar, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, sifatsiz tovar yoki xizmat ko‘rsatilgan taqdirda qanday tartibda murojaat qilish mumkinligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Jonli efir davomida tomoshabinlar tomonidan yo‘llangan onlayn savollarga ham mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi. Bu esa aholining iste’mol madaniyatini oshirish, ularning huquqiy bilimlarini mustahkamlash hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi faoliyati haqida kengroq tasavvurga ega bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Namangan viloyatida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish va murojaatlarni ijobiy hal etish borasidagi targ‘ibot-tushuntirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening