Выберите язык

Kosonsoyda 10 million so‘mdan ortiq noo‘rin qarzdorlik bekor qilindi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar natijasida Kosonsoy tumanida bir guruh fuqarolarning chiqindi xizmatlari uchun noo‘rin hisoblangan qarzdorliklari bekor qilindi.

Ma’lumki, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni hisoblash jarayonida yuzaga keladigan ayrim tushunmovchiliklar fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, chiqindi xizmatlari uchun hisoblangan qarzdorliklar yuzasidan iste’molchilarning murojaatlari uchrab turibdi.

Namangan viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati Kosonsoy tumani ijro etuvchi apparatiga ham mazkur masala yuzasidan bir qator murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlar mas’ullar tomonidan atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qarzdorliklarning kelib chiqish sabablari va ularning asoslanganligi yuzasidan tegishli ishlar olib borildi.

Olib borilgan o‘rganishlar natijasida 10 nafar fuqaroning chiqindi xizmatlari uchun hisoblangan jami 10 million 676 ming 590 so‘mlik noo‘rin qarzdorligi bekor qilinishiga erishildi.


“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening