Выберите язык

Bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlari bozori kengayib borayotgani iste’molchilardan hushyorlikni talab etadi. Xarid jarayonida mahsulot yorlig‘i, tarkibi, ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddatiga alohida e’tibor qaratish zarur. Bu ma’lumotlar mahsulotning sifati va xavfsizligini baholashda muhim omildir.

Mahsulotning qadoqlanish holati va saqlash sharoitlari ham e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Shikastlangan yoki noto‘g‘ri sharoitda saqlangan oziq-ovqat mahsulotlari inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mahsulotlarni faqat sanitariya talablariga javob beradigan savdo nuqtalaridan xarid qilish tavsiya etiladi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, iste’molchi sifatli va xavfsiz mahsulot sotib olish huquqiga ega. Agar mahsulot sifatsiz yoki yaroqsiz bo‘lib chiqsa, qaytarish yoki almashtirish mumkin. Har bir iste’molchi ongli tanlov qilishi orqali nafaqat o‘z sog‘lig‘ini, balki umumiy iste’mol madaniyatini ham yuksaltirishga hissa qo‘shadi.

Avtor: I.Hamroyev

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening