Выберите язык

Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi munosabatlar tobora kengayib bormoqda. Bu jarayonda iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayrim holatlarda esa iste’molchi huquqlari buzilishi, sifatsiz mahsulotlar sotilishi yoki xizmatlar talab darajasida ko‘rsatilmasligi kabi muammolar uchrab turadi.

Huquqiy asos

O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, har bir iste’molchi quyidagi asosiy huquqlarga ega:

sifatli va xavfsiz mahsulot hamda xizmatlardan foydalanish;
to‘liq va ishonchli axborot olish;
zarar yetkazilganda uni qoplatish;
o‘z huquqlarini sud orqali himoya qilish.

Mazkur huquqlar buzilgan taqdirda iste’molchi qonuniy tartibda murojaat qilish huquqiga ega.

Huquq buzilishi holatlari

Amaliyotda eng ko‘p uchraydigan huquqbuzarliklar quyidagilardan iborat:

sifatsiz yoki nosoz mahsulot sotilishi;
kafolat muddati amal qilmasligi;
noto‘g‘ri yoki yetarli bo‘lmagan ma’lumot berilishi;
xizmatlar sifatsiz ko‘rsatilishi;
noqonuniy hisob-kitoblar (kommunal to‘lovlar, kredit va boshqalar).

Bunday holatlar iste’molchining moliyaviy zarar ko‘rishiga va ishonchining pasayishiga olib keladi.

Murojaat qilish tartibi

Iste’molchi huquqi buzilganda quyidagi bosqichlar tavsiya etiladi:

Avvalo, sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga yozma yoki og‘zaki murojaat qilish, muammo hal etilmasa, hududiy iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat etish, zarur hollarda sud organlariga da’vo arizasi kiritish.

Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida federatsiyaning 1091 – Ishonch telefoni orqali ham murojaatlar qabul qilinmoqda.

Hududiy jamiyatlar tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar muntazam ravishda o‘rganilib, ko‘plab holatlarda iste’molchilarning buzilgan huquqlari tiklanmoqda. Xususan, sifatsiz mahsulotlar qaytarilib, mablag‘lar iste’molchiga undirilmoqda, noto‘g‘ri hisoblangan qarzdorliklar qayta hisob-kitob qilinib, adolat tiklanmoqda.

Iste’molchi huquqlarini himoya qilish — adolatli bozor muhitini shakllantirishning muhim omilidir. Har bir fuqaro o‘z huquqlarini bilishi va zarur hollarda ularni himoya qilish choralarini ko‘rishi lozim. Zero, “Iste’molchi doimo haq!” tamoyili jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Avtor: I.Hamrayev

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening