Выберите язык

Denov tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Denov tumani “Surxon Diyor” mahallasi, Zafar ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro G.R. tomonidan 2026-yil 24-mart kuni murojaat kelib tushdi.

Murojaatda iste’molchi Denov shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan tikuv mashinalari savdo do‘konidan xarid qilgan tikuv mashinasining nosoz ekanligi sababli muammoni bartaraf etishda amaliy yordam so‘ragan.

Mazkur murojaat yuzasidan jamiyat mutaxassislari tomonidan murojaatchi G.R. hamda do‘kon egasi ishtirokida o‘rganish olib borildi. O‘rganish jarayonida haqiqatan ham xarid qilingan tikuv mashinasida nuqson mavjudligi aniqlandi.

Natijada, amaldagi qonunchilik talablari asosida do‘kon sotuvchisiga tushuntirish ishlari olib borildi va fuqaro G.R.ga qiymati 4 500 000 so‘m bo‘lgan tikuv mashinasi yangisiga almashtirib berildi.

🔹 Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish yo‘lidagi ishlar davom etmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening