Выберите язык

     Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan “Navoiyazot” AJ ishchi-xodimlari o‘rtasida federatsiya a’zoligiga jalb etish maqsadida targ‘ibot davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi — fuqarolarning iste’molchi sifatidagi huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimlarini oshirish hamda jamiyat faoliyatiga keng jalb etishdan iborat. Davra suhbatlari davomida ishtirokchilarga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi, federatsiya faoliyati, a’zolikning afzalliklari va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.

     Shuningdek, tadbir davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan aniq va asosli javoblar taqdim etildi. Qiziqish bildirgan ishchi-xodimlarning arizalari qabul qilinib, ularni federatsiya a’zoligiga qabul qilish jarayonlari boshlab yuborildi.Bunday targ‘ibot tadbirlari aholining huquqiy ongini oshirish, iste’mol madaniyatini shakllantirish hamda fuqarolarning o‘z huquqlarini himoya qilish borasidagi faolligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening