Выберите язык

2026-yilning 11-mart kuni soat 11:00 da OAV uchun kontent tayyorlash Markazida “Iste’molchi huquqlari – adolatli bozor va kuchli jamiyat kafolati” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbir 15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tashabbusi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar hamkorligida tashkil etilmoqda.

Matbuot anjumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning zamonaviy mexanizmlari, raqamli platformalar orqali murojaatlarni ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish, elektron savdo sharoitida iste’molchilar manfaatlarini ta’minlash, sudgacha nizolarni hal etish institutini rivojlantirish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, tadbir davomida jurnalist va blogerlarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar beriladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening