Выберите язык

Ba’zan oddiy bir xarid ham kutilmagan muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Biroq iste’molchi o‘z huquqini bilsa va tegishli tashkilotlarga murojaat qilsa, adolat tiklanishi muqarrar.


Navbahor tumani Toshrabot mahallasida yashovchi fuqaro Gavhar Ro‘ziyeva tuman markazida joylashgan savdo majmuasidan “Vivo” rusumli mobil telefonni 3 314 000 so‘mga naqd pulga xarid qilgan. Biroq telefon sotib olingandan so‘ng uning telefoniga mazkur qurilma kredit asosida rasmiylashtirilgani haqida SMS xabarnoma kelgan. Bundan tashqari, oradan ko‘p o‘tmay telefon o‘z-o‘zidan o‘chib qoladigan nosoz holatga kelgan.
Fuqaro ushbu muammo yuzasidan savdo majmuasiga murojaat qilgan bo‘lsa-da, uning e’tirozlari savdo xodimlari tomonidan e’tiborsiz qoldirilgan.
Mazkur murojaat Navbahor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan batafsil o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida savdo majmuasi mutasaddilariga iste’molchining qonuniy huquqlari hamda uning haqli e’tirozi yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari batafsil tushuntirildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida fuqaroning talabi inobatga olinib, uning tanloviga ko‘ra nuqsonli telefon o‘rniga ayni rusumdagi yangi va sifatli telefon olib berilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening