Выберите язык

Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan 4-sonli hamda 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (DMTT) iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir monitoring va targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.

Mazkur o‘rganish jarayonida tashkilotlarda iste’molchilarga yaratilgan sharoitlar, xizmat ko‘rsatish sifati hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, muassasa xodimlariga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari, fuqarolarning murojaat qilish tartibi hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida xodimlar va fuqarolarga iste’molchilar huquqlari buzilgan holatlarda qayerga murojaat qilish mumkinligi haqida ham ma’lumot berilib, elektron murojaatlar portali — murojaat.istemol.uz orqali hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Respublika ishonch telefoni — 1091 orqali murojaat qilish mumkinligi tushuntirildi.

Bunday monitoring va targ‘ibot ishlari fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.                                      

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening