Выберите язык

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening

Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Shirsholi” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro T. P. tomonidan Xiva shahrida faoliyat yuritayotgan mebel do‘konidan qiymati 5 million 600 ming so‘mlik yumshoq mebel jamlanmasiga buyurtma qilindi.

Buyurtma berilgan mahsulot belgilangan vaqtda iste’molchi xonadoniga yetkazib berildi, biroq mahsulotning sifatiga iste’molchi qoniqish hosil qilmadi.

Mazkur Fuqaro yetkazilgan mahsulot yuzasidan do‘kon xodimlariga bir necha bor murojaat qilingan, ammo mebel jamlanmasi almashtirib berilmagan.

Shundan so‘ng, iste’molchi o‘zining huquqlarini tiklash maqsadida, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Yangiariq tuman jamiyatiga murojaat yo‘llagan.

Jamiyat mutaxassislari tomonidan ushbu murojaatni o‘rganish jarayonida do‘kon ma’muriyati bilan tegishli tartibada tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, mahsulot yangisiga almashtirilib, iste’molchining xonadoniga yetkazib berildi.