Выберите язык

       Zarafshon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro N. Sh. 2026 yil 19 fevral kuni Zarafshon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat bilan chiqdi.

       Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro 2023 yilda “Premium Zarafshon” MChJ qurilish kompaniyasi bilan yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uydan xonadon olish bo‘yicha shartnoma tuzgan. Shartnoma asosida boshlang‘ich to‘lov sifatida 94 million so‘m mablag‘ to‘langan.

       Kelishuvga ko‘ra, mazkur xonadon 2026 yilga qadar to‘liq qurib, egasiga topshirilishi lozim edi. Biroq belgilangan muddat o‘tganiga qaramay, uy-joy qurilishi yakunlanmagan va fuqaro xonadoniga ega bo‘la olmagan.

       Mazkur holat yuzasidan jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada fuqaroning qonuniy talablari qo‘llab-quvvatlanib, qurilish kompaniyasiga tegishli tartibda ta’sir chorasi ko‘rildi.

      Eng e’tiborlisi, jamiyat aralashuvi natijasida fuqaro tomonidan to‘langan 94 million so‘m mablag‘ to‘liq qaytarib berildi.

      Bu holat yana bir bor iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi amalda samarali ishlayotganini ko‘rsatdi. Shuningdek, fuqarolarni shartnoma asosida uy-joy sotib olayotganda ehtiyotkor bo‘lishga, qurilish kompaniyalarining ishonchliligini sinchiklab o‘rganishga chaqiradi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening