Выберите язык

Iste’molchilarning murojaatlarini o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xonqa tumani Do‘stlik MFYda yashovchi fuqaro M.A. Xiva shahri Yangi Binokor MFY hududida joylashgan do‘kondan 9 000 000 (to‘qqiz million) so‘mga mebel xarid qilgan. Xarid uchun belgilangan summaning 4 000 000 (to‘rt million) so‘mini to‘lagan.

Biroq do‘kon xodimlari mebelni o‘rnatish jarayonida uni yaroqsiz holatga keltirib qo‘ygan. Mazkur holatdan norozi bo‘lgan fuqaro o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Ishonch telefoni 1091 ga murojaat qilgan.

Murojaat Xiva shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida yuzaga kelgan holat ko‘rib chiqilib, iste’molchining qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Natijada fuqaro M.A. tomonidan mebel uchun to‘langan 4 000 000 so‘m mablag‘ to‘liq qaytarib berildi va murojaat ijobiy hal etildi.

Ushbu holat iste’molchilarning tovar xarid qilishda, shuningdek, uni yetkazib berish va o‘rnatish xizmatlaridan foydalanishda o‘z huquqlarini bilishi muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening