Kegeyli tumani "Oqtubo" QFY fuqorasi X.X tomonidan kelib tushgan murojaat o‘z vaqtida o‘rganilib, iste’molchining qonuniy huquqlari himoya qilinishi ta’minlandi.
2026-yil 13-sentyabr kuni fuqaroning uyiga oldindan ogohlantirilmasdan "N.G.F" J.Sh.J xodimlari kelgan. Ular suv sifatini tekshirib, suv talabga javob bermasligini aytib, uyiga suv tozalash filtri o‘rnatib ketgan. Fuqaro bank kartasi orqali uskunaning to‘liq narxining 6 900 000 so‘m mablag‘ini to‘lagan.
Biroq, o‘rnatilgan filtr sifatsiz bo‘lib chiqqan - suv tiniq emas, dog‘lar bilan kelgan. Fuqaro ertasi kuni korxona xodimlariga xabar berib, uskunani olib ketishlarini va pulini qaytarishlarini talab qilgan. Biroq korxona xodimlari bu qonuniy talabni bajarishdan bosh tortib, faqat filtrlardan birini almashtirishni taklif qilgan, fuqaro esa rozi bo‘lmagan.
Fuqaro o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining telegram boti orqali ariza yuborgan. Murojaat Federatsiya tomonidan 2026 yil 17 sentyabrda rasmiy ro‘yxatga olinib, Kegeyli tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqilgan.
O‘tkazilgan o‘rganish ishlari natijasida "N.G.F" J.Sh.J tomonidan iste’molchiga o‘rnatilgan uskuna to‘liq yaxshi ishlamaganligi va yoqmaganligi sababli, korxona tomonidan 6 900 000 so‘m mablag‘ to‘liq qaytarib berildi.
Fuqaro o‘z qo‘li bilan yozgan arizasida uskuna uchun to‘lagan 6 900 000 so‘m pulimni qaytarib berdi. Mening barcha masalalarim hal bo‘ldi" deb yozib, shikoyati yo‘q ekanligini bildirgan.
Eslatma: Agar siz ham shunday huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, qonuniy huquqlaringizni himoya qilish uchun iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining 95 601-10-91ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.
























