Выберите язык

   2026-yil 21-avgust kuni Navbahor tumani «Qalqonota» MFY hududida joylashgan 10-oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi hamda Navbahor va Karmana tuman jamiyatlari hamkorligida Mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi.
🤝 Tadbir davomida poliklinika ishchi-xodimlari bilan samimiy muloqot qilinib, bayram oldidan ezgu tilaklar bildirildi. Xayriya tadbirida mehr-oqibat, insonparvarlik va saxovat kabi qadriyatlarning jamiyat hayotidagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan tashkil etilgan ushbu xayriya tadbiri xalqimizga xos mehr-oqibat va hamjihatlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
🔹 Bunday ezgu tadbirlar insonlarni yaxshilik qilishga, bir-birini qo‘llab-quvvatlashga va jamiyatda mehr-muruvvat muhitini mustahkamlashga chorlaydi.
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening