Выберите язык

Mingbuloq tumanida 1-politexnikumda davra suhbati o‘tkazildi

Mingbuloq tumanidagi 1-politexnikumda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda o‘quvchilar va pedagog xodimlar ishtirok etib, sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilarga iste’molchilarning asosiy huquqlari, sifatli mahsulot va xizmatlardan foydalanish, shuningdek, muammoli holatlarda murojaat qilish tartibi haqida tushunchalar berildi. Amaliy misollar orqali kundalik hayotda uchraydigan vaziyatlar muhokama qilinib, ularni qonunchilik asosida hal etish yo‘llari tushuntirildi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tib, qatnashchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Mazkur davra suhbati yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va iste’mol madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening