Выберите язык

Namangan shahrida tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu tadbirda sog‘liqni saqlash muassasalarida xizmat ko‘rsatish jarayonida iste’molchi — bemorlarning huquqlarini ta’minlash, xizmatlar sifatini yaxshilash hamda murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatishda qonunchilik talablari, bemorlar bilan muloqot madaniyati, shaffoflikni ta’minlash va yuzaga keladigan muammoli holatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, 1091 ishonch telefoni orqali murojaat qilish tartibi va uning ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir yakunida tibbiyot xodimlarining kasbiy mas’uliyatini yanada oshirish, aholiga sifatli va zamonaviy xizmat ko‘rsatish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

 
 
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening