Выберите язык

Norin tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbirlar davomida fuqarolarga iste’molchilarni qiynayotgan muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish yo‘llari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, aholiga iste’molchi sifatida o‘z huquqlarini bilish, ularni himoya qilish mexanizmlari hamda 1091 ishonch telefoniga murojaat qilish tartibi yuzasidan zarur ma’lumotlar taqdim etildi.

Targ‘ibot jarayonida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari tinglandi hamda muammolarni hamkorlikda hal etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur tadbirlar aholining huquqiy savodxonligini oshirish va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening