Выберите язык

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. 

Yig‘ilishda Federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov ma’ruza qilib, sohadagi tub islohotlar va kelgusidagi ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

​Raqamlar ortida inson taqdiri

​Hisobot davrida Federatsiyaga kelib tushgan 14 834 ta murojaatning 90,3 foizi ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 85,2 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi.

​Yig‘ilishda Federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov ushbu ko‘rsatkichlarga to‘xtalar ekan, shunday dedi:

​"Biz uchun raqamlar shunchaki statistika emas, balki ularning ortida turgan minglab yurtdoshlarimizning haq-huquqlari va ularning davlatga, adolatga bo‘lgan ishonchidir. 85 milliard so‘m — bu xalqimizning hamyonida qolgan, ularning oilaviy byudjetiga qaytarilgan mablag‘dir. Har bir murojaat ortida bir inson taqdiri yotibdi va bizning asosiy vazifamiz — iste’molchi va tadbirkor o‘rtasida adolatli ko‘prik bo‘lishdir."

​Noreal qarzdorliklarga chek qo‘yildi

​Jamoatchilik nazorati yo‘nalishida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida suv va chiqindi xizmatlari bo‘yicha aholiga hisoblangan 48 milliard so‘mdan ortiq asossiz qarzdorliklar bekor qilindi.

​Raisi o‘z nutqida bu masalaga alohida urg‘u berdi:

​"Ayniqsa, kommunal sohada ko‘rsatilmagan xizmat uchun pul talab qilish yoki billing tizimlaridagi xatoliklar tufayli aholiga noreal qarzdorliklar yozish holatlari hali ham uchramoqda. Masalan, Andijonda suv ta’minoti bo‘yicha 27 milliard so‘mlik xatolikni bartaraf etdik. Bu kabi holatlar tizimli ravishda o‘rganilishi va iste’molchi asossiz to‘lovlardan himoyalanishi shart."

​Xalqaro hamkorlik va Mediatsiya

​2025-yilda Federatsiya nafaqat mamlakat ichida, balki xalqaro maydonda ham faollashdi. 

Jahon savdo tashkiloti (WTO) bilan aloqalarning o‘rnatilishi va xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish tashkilot nufuzini oshirdi.

 Shuningdek, nizolarni sudgacha hal etish — Mediatsiya institutini rivojlantirish bo‘yicha yangi bosqichga o‘tildi.

​"Biz bugun nizolarni sudma-sud yurib hal qilishdan ko‘ra, o‘zaro kelishuv va mediatsiya orqali hal etish madaniyatini shakllantiryapmiz. Bu ham vaqtni, ham mablag‘ni tejaydi, eng muhimi — jamiyatda murosa madaniyatini yuksaltiradi," — deya ta’kidladi J. Sarimsoqov.

​Kelajak rejalari: "Xodimbay" tizimi va shaffoflik

​Yig‘ilish yakunida Federatsiya tizimida yangi ish tartibi — "xodimbay" tizimiga to‘liq o‘tilishi, har bir murojaat uchun mas’ul xodimning shaxsiy javobgarligi belgilanishi qayd etildi.

Shuningdek, respublika bo‘ylab qurilayotgan 68 ta "Iste’molchilar uyi" majmualari tez orada foydalanishga topshirilishi ma’lum qilindi.