Выберите язык

NAMANGANDA QARIYB 17 MILYARD SO'M MABLAG' ISTE'MOLCHILAR FOYDASIGA QAYTA HISOB-KITOB QILINDI

 Namangan viloyati hududiy birlashmasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash yig‘ilishida Namangan viloyatida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, aholining iste’mol madaniyatini oshirish va sohada jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish borasida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.
Xususan, viloyatda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga iste’molchilar tomonidan 1 253 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 298 tasi yozma, 955 tasi og‘zaki, shundan 288 tasi elektron shaklda bo‘lib, barcha arizalar tegishli tartibda o‘rganib chiqilgan

Hisobot davrida hududiy birlashma va uning tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan murojaatlar sohalar kesimida ko‘rib chiqilib, iste’molchilar manfaatlariga yetkazilgan 16 921 691 836 so‘m moddiy va ma’naviy zararlar qayta hisob-kitob qilinishi va undirib berilishi ta’minlangan.
Yig‘ilish davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlar ijrosi, amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda loyihalar, kelib tushgan murojaatlar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Jamiyatlar faoliyatida erishilayotgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

2025-yilda erishilgan eng sezilarli yutuqlardan biri – Namangan viloyati hududiy birlashmasi uchun yangi bino foydalanishga topshirilgani bo‘ldi.

Shuningdek, yig‘ilishda 2026-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha ham masalalar ko‘rib chiqildi, jumladan: hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ishlarini yanada samarali tashkil etish, aholining iste’molchilik madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha tezkor va adolatli yechimlar ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening